09 fev 10:38
Yangiliklar
Futbol
Mbappening onasi: "O'g'lim "Real"da o'ynaydi"
PSJ futbolchisi Kilian Mbappening onasi o'g'lining keyingi jamoasi haqida gapirdi.
Uning "El Transistor" nashriga aytgan gapiga ko'ra, Kilian Mbappening keyingi jamoasi "Real" bo'ladi.
"O'g'lim "Real"da o'ynaydi. Bu aniq va o'g'limning peshanasida yozib qo'yilgan", - degan Mbappening onasi.
Futbolchi kichkinaligidan "Real" muxlisi hisoblanadi. Buni uning o'zi ham oldinroq aytib o'tgandi.
Yozgi transferlar oynasi vaqtida "Real" va Mbappe o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tgandi va unda tomonlar kelishuvga erisha olishmagandi.
Havola :
Manba : El Transistor
O’xshash yangiliklar
13:29
Mbappening maoshidan ko'proq? Vinisius "Real" bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi 0
Fikrlar