So’nggi yangiliklar

17:45Осиё чемпионати. Боксчиларимизда битта ғалаба ва битта мағлубият 0 17:11Эрон футбол федерацияси скриншот орқали АҚШ устидан кулди 0 16:30ММА бўйича дунёдаги энг кучли мамлакатлар рейтинги эълон қилинди. Ким биринчи? 0 15:58Австралиялик "нокаутчи" Теремоана Жуниорнинг кейинги жанги аниқ бўлди 0 15:25ИНТЕРВЬЮ. Жонлантириш бўлимида бир ўлиб тирилган замонамиз Шум боласи Элбек Ибрагимов 0 14:57"Нима учун Трампдан ФИФАдан натижани бекор қилишни сўрамайсизлар?" 0 14:11Энтони Жошуа ҳар қандай рақибни йўқ қилмоқчи 0 13:40АҚШ Ўзбекистондаги шахмат Олимпиадасига қандай таркиб билан келиши аниқ бўлди 0 13:14WBO Дмитрий Бивол учун мажбурий даъвогарни белгилади 0 12:46Португалиянинг ЖЧ-2026 дан чиқиб кетганида Роналдуни айблашди 0 12:23"Конор Макгрегорнинг энг кучли талқинига қарши жангга тайёргарлик кўряпман" - Холлоуэй 0 11:59Расман! Мурат Гассиевнинг рақиби эълон қилинди 0 11:36UFC 331 турнирининг санаси, манзили, асосий жанги очиқланди 0 11:01"Тож ҳеч қачон тушмайди". Роналдунинг опаси — ҳужумчининг Португалия терма жамоасидан кетиши ҳақида 0 10:33Йен Гэрри: "Махачевни ўз қуроли билан енгаман" 0

20 mar 09:33
Yangiliklar

Futbol

​MDH shifokorlari yashil maydonda kuch sinashadi

Teglar :  Futbol
Poytaxtimiz shu yil 25-30 mart kunlari MDHga azo mamlakatlar shifokorlarining futbol jamoalari o'rtasida o'tadigan “Doctors Community Cup – Tashkent-2019” xalqaro turniriga mezbonlik qiladi.

Milliy matbuot markazida O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi hamda mamlakatimiz Sog'liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan tashkil etilayotgan musobaqa oldidan matbuot anjumani o'tkazildi.

Unda Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari Bahodir Nizomov, O'zbekiston sog'liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Farhod Xanafaev, mamlakatimiz shifokorlar terma jamoasi bosh murabbiyi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi Ahmadjon Musaev va jamoa azolari hamda OAV xodimlari qatnashdi.

Musobaqa reglamentiga asosan o'yinlarda 25 yoshdan katta bo'lgan, mutaxassisligi va fuqaroligidan qatiy nazar, shifokorlik diplomiga ega bo'lgan xodimlar ishtirok etadi. Xalqaro turnirda O'zbekiston terma jamoasidan tashqari Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Belarus, Ukraina terma jamoalari o'zaro bahslashadi.

Rossiya jamoasi 40 va undan katta yoshdagi shifokorlar bilan yurtimizga tashrif buyuradi. SHu sababli ham mazkur yosh toifasida ”O'zbekiston – 2” terma jamoasi ham shakllantirildi. SHu tariqa nufuzli musobaqada jami 8 ta jamoa qatnashadi.

Turnirga Franciyada joylashgan Jahon sog'liqni saqlash xodimlari Olimpiya o'yinlari associaciyasi vakili Giyom Gassend ham taklif etildi.


Suratlar: Almurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing