So’nggi yangiliklar

19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0

16 iyu 19:48
Yangiliklar

Sport kurashlari, Parij-2024

Medal kutilayotgan Razambek Jamalovga Olimpiadada kimlar raqiblik qiladi? (Barcha tafsilotlar)

26 iyul kuni Franciya poytaxti Parij shahrida XXXIII yozgi Olimpiada o'yinlari start oladi.

Musobaqada O'zbekiston delegaciyasi, jumladan sport kurashlari bo'yicha terma jamoamiz ham ishtirok etadi. Olimpiadada 3 nafar erkin kurashchimiz, 3 nafar yunon-rim kurashchimiz va yagona ayol kurashchimiz gilamga chiqadi.

Olamsport.com Birlashgan kurash dunyosi (UWW) tasdiqlagan ro'yxatga ko'ra sportchilarimizga turnir doirasida kimlar raqib bo'lishi haqida malumot berib boradi.

Avvalroq, 57 kg vazn toifasidagi erkin kurashchimiz G'ulomjon Abdullaevning bo'lajak raqiblari bilan tanishtirgan edik.

Bu safargi sportchimiz Razambek Jamalov (74 kg) bo'ladi. 

26 yoshli kurashchi uchun bu debyut Olimpiada hisoblanadi. Asli rossiyalik sportchi 2024 yil boshidan buyon O'zbekiston sharafini himoya qilmoqda. Razambekning Olimpiadadagi ishtiroki 9-10 avgust kunlariga to'g'ri keladi.

Razambek Jamalovga Olimpiadada quyidagi kurashchilar raqib bo'lishlari mumkin:

CHermen Valiev (Albaniya)

Kayl Deyk (AQSH)

Turan Bayramov (Ozarbayjon)

Feng Lu (Xitoy)

Geandri Garzon Kabalero (Kuba)

Amir Xusseyn (Misr)

Iman Maxdavi (Qochoqlar jamoasi)

Bacar Ndum (Gvineya-Bisau)

Georgios Kougioumcidis (Greciya)

Yones Emami (Eron)

Frank CHamizo (Italiya)

Daichi Takatani (Yaponiya)

Ali Arsalan (Serbiya)

Tajmuraz Salkazanov (Slovakiya)

Viktor Rassadin (Tojikiston)

Entoni Montero CHirinos (Venesuela).


O'zbekiston sport kurashlari assosiaciyasiga mazkur vazn toifasidagi Olimpiada yo'llanmasini Bekzod Abdurahmonov Bishkekda o'tgan Osiyo licenzion turnirida taqdim etgan edi.

Jamalov Rossiya terma jamoasi tarkibida 2020 yilda Belgradda (Serbiya) o'tgan Jahon kubogi g'olibi bo'lgan.

74 kg vazn toifasida Olimpiadaning amaldagi chempioni rossiyalik Zaurbek Sidakov hisoblanadi. Ammo Sidakov XOQ tomonidan tasdiqlangan neytral maqomdagi sportchilar ro'yxatiga kiritilmagani tufayli, Parij Olimpiadasini o'tkazib yuboradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing