29 noy 13:37
Yangiliklar
Tennis
Medvedev mavsumni g'alabalar soni bo'yicha peshqadam sifatida yakunlaydi
Jahonning ikkinchi raketkasi Daniil Medvedev "Devis Kubogi" guruh bosqichida ATR reytingida 20-o'rinni egallab turgan Pablo Karreno-Bustani mag'lub etdi.
SHu tariqa, Medvedev mavsumdagi 60-g'alabasini qo'lga kiritdi. Medvedev mavsumni g'alaba qozongan o'yinlar soni bo'yicha peshqadam sifatida yakunlaydi. Ikkinchi o'rinda borayotgan Aleksandr Zverev terma jamoasi tarkibida "Devis Kubogi"da ishtirok etmayapti. SHu bois u Medvedevni ortda qoldirolmaydi.
SHu vaqtgacha Medvedev "Devis Kubogi"da oltita o'yinning beshtasida g'alaba qozongan. Uning yagona mag'lubiyati 2017 yilda Novak Jokovichga qarshi bo'lgan.
Havola :
Manba : Gotennis.ru
Fikrlar