11 avg 13:11
Yangiliklar
Tennis
Medvedev qozog'istonlik tennischini qiyinchilik bilan engdi
Kanadaning Toronto shahrida tennis bo'yicha nufuzli "Masters" turniri davom etmoqda.
Dunyoning ikkinchi raketkasi bo'lib turgan Daniil Medvedev ikkinchi davra uchrashuvida qozog'istonlik Aleksandr Bublikka qarshi bahs olib bordi. Rossiyalik tennischi 2 soatu 25 daqiqa davom etgan uchrashuvida reytingning 38-pog'onasidan joy olgan raqibini 4/6, 6/3, 6/4 hisoblarida mag'lub etdi.
Medvedev bahs davomida 13, 24 yoshli Bublik esa 14 ta eys zarbani amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yanada yiriklashdi - 5:0. Endi Daniil National Bank Open turnirining uchinchi bosqichida italiyalik Yannik Sinner yoki avstraliyalik Jeyms Dakvortga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar