30 sen 11:25
Yangiliklar
Boshqalar
Meldoniy 2017 yilda ham WADAning taqiqlangan moddalar ro'yxatida bo'ladi
Xalqaro Antidoping tashkiloti, yani WADA ko'plab munozaralarga sabab bo'lgan meldoniyni 2017 yilda ham taqiqlangan moddalar ro'yxatida bo'lishi malum qildi.
Gormonlar va metabolik modulyatorlardan iborat meldoniy S4 toifaga mansub. Taqiqlangan moddalarning yangi ro'yxati WADA tomonidan shu yilning 21 sentyabr kuni SHveycariyaning Lozanna shahrida o'tkazilgan yig'ilishda tasdiqlandi.
Ushbu ro'yxat 2017 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi. Tashkilot rahbari Kreyg Ridining aytishicha, sportchilar, murabbiylar va mutaxassislar ixtiyorida yangi ro'yxat bilan tanishib olish uchun 3 oy muxlat bor.
Malumot uchun, o'tgan yili aynan meldoniy sabab dunyoning 100 nafardan ziyod sportchisi doping tekshiruvdan o'ta olmagan edi.
Havola :
Fikrlar