19 mar 18:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Menejer Lomachenkoning boksdan ketishi haqidagi xabarlarga javob berdi
Vasiliy Lomachenkoning murabbiyi Egis Klimas ukrainalik bokschining boksdan ketishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
"Men u bilan gaplashdim, unda barchasi joyida. Belida kichik jarohat bor edi. U hozir tiklanmoqda va mashg'ulotlarni boshlaydi.
Uning qaytishi yoki faoliyatini yakunlashi haqida ikki oy ichida bizda yangiliklar bo'ladi. Hozircha bilmaymiz. IBF qoidalari bo'yicha unda hali oktyabrgacha vaqt bor", - dedi Klimas.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko so'nggi jangini 2024 yilning may oyida o'tkazgan. O'shanda u avstraliyalik Jorj Kambososni mag'lubiyatga uchratib, engil vaznning IBF kamarini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : YSM Sports Media
Fikrlar