15 iyu 17:01
Yangiliklar
Tennis

Mersedes Cup. Istomin chorak finaldagi o'yinini o'tkazdi
Germaniyaning SHtutgart shahrida tennis bo'yicha nufuzli “Mersedes Cup” turniri davom etmoqda.
Maysali kortlardagi ushbu musobaqada hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi dastlabki ikki bosqichda reytingda o'zidan yuqorida turgan raqiblarini mag'lubiyatga uchratib chorak finalga yo'l olgandi.
Biroz oldin Istomin yarim final chiptasi uchun turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan franciyalik Lukas Puilga qarshi kortga chiqdi.
Bahsda dunyo reytingida 17-o'rinni egallab turgan Puil uch setda 6:4, 6:7, 6:3 hisobida g'alaba qozonib yarim finalga chiqdi. Istomin esa musobaqani chorak finalda yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar