16 iyu 07:48
Yangiliklar
Tennis

Mersedes Cup. Istomin qancha summa va reyting ochkosiga ega bo'ldi?
Germaniyaning SHtutgart shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha nufuzli “Mersedes Cup” turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Maysali kortlardagi ushbu musobaqada hamyurtimiz Denis Istomin chorak finalga qadar etib kelgandi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi yarim final ostonasida turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan franciyalik Lukas Puilga 4:6, 7:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Istomin ilk bosqichda turnirning beshinchi raketkasi germaniyalik Filipp Kolshrayberni, keyin esa yana bir olmon tennischisi Florian Mayerni mag'lubiyatga uchratib, musobaqadan chiqarib yuborgandi.
Mersedes Cup turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Denis Istominga 19 020 evro mukofot puli hamda qimmatli 45 reyting ochkosini taqdim etdi. Ayni paytda Denis dunyo reytingida roppa-rosa 100-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar