17 iyu 10:19
Yangiliklar
Tennis

Mersedes Cup. Raonich ikkinchi finalchi!
Germaniyaning SHtutgart shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha nufuzli “Mersedes Cup” turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Musobaqaning ikkinchi yarim final uchrashuvida kanadalik Milosh Raonich franciyalik Lyuk Puyega qarshi kortga chiqdi. Dunyoning 35-raketkasi bo'lib turgan Raonich 1 soatu 34 daqiqa davom etgan bahsda 6:4, 7:6(3) hisobida zafar quchdi.
Endi Milosh bosh mukofot uchun kechadigan uchrashuvda musobaqaning birinchi raketkasi Rojer Federerga qarshi kortga chiqadi. SHveycariyalik 36 yoshli yulduz yarim finalda avstraliyalik Nik Kirgiosni 6:7(2), 6:2, 7:6(5) hisobida taslim etgandi.
Havola :
Fikrlar