So’nggi yangiliklar

07:22Расман! Исроил Мадримовни яна бир катта жанг кутмоқда + ПОСТЕР 0 07:01Отабек Умаров бошчилигидаги МОҚ жамоаси дзюдо ва теннис федерациялари режалари билан танишди 0 21:36Эртага 4 нафар боксчимиз Осиё чемпионатида рингга кўтарилади (рўйхат) 0 21:14Элит ОЧЛ. ​Остон Ўрунов гол урган баҳсда "Персеполис" камбэк намойиш этди 0 20:51Ўзбекистон томони Осиё Олимпия кенгашидан Тошкент-2025 ёшлар Осиё ўйинларини бир йилга кечиктиришни сўрагани маълум бўлди 0 19:02Алжемейн Стерлинг: "Фаолиятимни UFC чемпиони сифатида якунлашни истайман" 0 18:39Арман Царукян: "Умид қиламанки, UFC 310дан сўнг буни эълон қилишади" 0 18:18"Реал" Асенсиога шартнома таклиф қилади 0 17:55Фьюри Усик билан реваншда неча кг вазн билан чиқиши айтилди 0 17:33Отабек Умаров бошчилигида боксчиларимизнинг Лос-Анжелес-2028 ёзги Олимпия ўйинларига тайёргарлиги кўриб чиқилди 0 17:20Пара Осиё ўйинлари-2025 ҳам Тошкентда ўтказилмайди 0 17:10Макгрегорнинг рафиқаси эрининг зўрлашда айбланганига қандай муносабат билдирди? 0 16:48Осиё Олимпия кенгаши ёшлар ўртасидаги Осиё ўйинлари мезбонлиги нима сабабдан Тошкентдан олинганига изоҳ берди 0 16:48Муҳаммад Салоҳ Рунига етиб олди 0 16:25"Чемпион бўлганимдан сўнг Оливейрага реванш бераман" - Царукян 0

19 may 20:31
Yangiliklar

Futbol

"Mersedes" "Zaporojec"ni changida qoldirib ketdi - futbol murabbiyi bo'lishdan boshqa hamma ishni qilishga rozi bank mutaxassisi g'olib bo'lgan Evropa chempionatini yodga olamiz

Teglar :  Evro-1972Germaniya
Futbol bo'yicha Evropa chempionati tarixiga oid qiziqarli malumotlar bilan tanishing.

1972 yilgi Evropa chempionati saralash bosqichida 32 terma jamoa sakkiztadan to'rt guruhga bo'lingan holda bellashdi. Guruh g'oliblari chorak finalda to'qnash kelishdi. Yakunda 4 g'olib mamlakat final bosqichiga yo'o'lanmani qo'lga kiritdi. Avvallari mezbon mamlakat faqatgina final bosqichi ishtirokchilari orasidan tanlab olingan. SHu tariqa, yakuniy bosqichda mezbon Belgiyadan tashqari SSSR, GFR (G'arbiy Germaniya) va Vengriya qatnashdi.


G'arb mamlakatiga tashrif buyurgan SSSR futbolchisi Anatoliy Baydachniy o'zini boshqa dunyoga tushib qolgandek his qilganini aytgan: 

"Jamoamiz istiqomat qilgan mehmonxona hamon ko'z o'ngimdan ketmagan. U erda turli baliqlar suzib yuradigan maxsus hovuz bor edi va har kim tanovvul qilish uchun xohlagan balig'ini tanlashi mumkin edi. Baliqni restoranda darhol pishirib berishardi. SHuningdek, ilk marta yogurtni tatib ko'rganmiz, uni misli ko'rilmagan zavq bilan istemol qilganimiz. Umuman olganda, bu boshqa dunyo edi — xilma-xil do'konlardan chiroyli buyumlar, ko'plab mahsulotlar, hamma sotib olishni xohlaydigan Bitlz guruhi plastinkalarini topish mumkin edi..."

Yarim finalda Vengriya SSSRga 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. GFR esa mezbon Belgiyani 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Uchinchi o'rinni Vengriyani 2:1 hisobida enggan Belgiya qo'lga kiritdi. Finalda GFR 43 ming tomoshabin ko'z o'ngida SSSR darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritdi. Qizig'i, jamoalar finaldan 23 kun ilgari Myunxendagi "Olimpiya" stadionining ochilishida o'rtoqlik uchrashuvida kuch sinashgandi. 4:1 hisobida g'alaba qozongan nemislarning barcha goliga Gerd Myuller mualliflik qilgandi.

Evropa chempionati-1972. Final

GFR – SSSR – 3:0 (1:0)

18 iyun, 1972 yil. Bryussel. Stadion "Eyzel". 43 437 tomoshabin.

Hakamlar: F.Marshall, Y.Yegel, E.Linemayr (barchasi – Avstriya).

GFR: Mayer, Xyottges, Braytner, Bekkenbauer (sardor), SHvarcenbek, Vimmer, Xeynkkes, Xyoness, Myuller, Netcer Kremers.

SSSR: Rudakov, Dzodzuashvili, Xurcilava (sardor), Kaplichniy, Istomin, Konkov (Dolmatov, 46), Troshkin, Kolotov, Baydachnyy, Banishevskiy (Kozinkevich, 63), Onishenko.

Gollar: 1:0 Myuller (27), 2:0 Vimmer (51), 3:0 Myuller (58).

Ogohlantirishlar: Xurcilava, Kaplichniy.


SHu tariqa, Germaniya o'z tarixida ilk marotaba Evropa chempionati final bosqichida ishtirok etib, chempionga aylandi, ikki yildan keyin esa jahon chempionatida g'olib chiqdi. Franc Bekkenbauer va Gerd Myuller etakchiligidagi bu tarkib, hech shubhasiz, nemis futboli tarixidagi eng yaxshilaridan biri sanaladi.

"Jamoada barcha mehnatkash hisoblanardi. Bizda birdamlik bor edi, bir-birimizni maydonda ham, maydon tashqarisida ham yaxshi tushunardik", — deydi Gerd Myuller.

Bankirlikka o'qigan va qisqa muddat jurnalist sifatida ishlagan GFR bosh murabbiyi Xelmut SHyon bir vaqtlar futbol murabbiyi bo'lishdan boshqa istalgan kasbda ishlashni xohlaganini aytgan. Urushdan keyin esa taqdir uni futbol murabbiyligi sari undadi.

Biroq Evropa mamlakatlarida nashr etiladigan gazetalarning dushanba kungi sonida GFRning qita chempionligi sarlavhadan o'rin olmadi. Omma etibori o'sha paytda Franciyaning Suasson shahrida ro'y bergan poezd halokati hamda Londondan Bryusselga uchayotgan British Airways samolyotining qulashiga qaratilgandi — har ikki falokatda yuzga yaqin kishi halok bo'lgandi.

Final bosqichida 4 ta gol urgan GFR hujumchisi Gerd Myuller yaqqol to'purarga aylandi. Myuller 1972 yil davomida klub va terma jamoa miqyosida jami 85 ta gol urib, rekord o'rnatdi, bu rekord 2012 yil raqiblari darvozasiga 91 ta to'p kiritgan Lionel Messi tomonidan yangilandi.

Ramziy terma jamoa: E.Rudakov (SSSR), R.Dzodzuashvili (SSSR), M.Xurcilava (SSSR), F.Bekkenbauer (GFR), P.Braytner (GFR), Y.Xeynkkes (GFR), X.Vimmer (GFR), G.Netcer (GFR), R.Lamber (Belgiya), U.Xyoness (GFR), G.Myuller (GFR).

Yil so'ngida "Oltin to'p" sovrini uchun kurashda GFR futbolchilari — Franc Bekkenbauer, Gerd Myuller va Gyunter Netcer dastlabki uch o'rinni egalladi.

Turnirning esda qolarli voqelari

1. Albaniya posbonining kung-fu uslubidagi harakati

Albaniyalik darvozabon Muhiddin saralash guruh bosqichi doirasidagi GFRga qarshi o'yinda havodan kelayotgan to'pga chiqish bilan bir qatorda raqib futbolchisiga nisbatan keskin harakat qilib, unga shikast etkazadi.

2. Bolgariya afsonasining o'limi

1971 yil 30 iyun kuni EVRO-72 saralash bosqichi bahslari o'tkazilayotgan paytda Georgiy Asparuxov (bolgar futboli faxri va asrning eng yaxshi bolgar futbolchisi) "Levski" jamoasidagi hamkasbi Nikolay Kotkov bilan birga yoqilg'i tankeri bilan to'qnashuv natijasida avtohalokatga uchrab, yonib ketgan.

3. Nemislarning emlanishi

Tiranadagi o'yindan biroz muddat ilgari Albaniya hukumati Germaniya delegaciyasini vaboga qarshi emlanmasa, mamlakatga kiritmasliklarini malum qildi. Hukumat qarorida qatiy turdi, mehmonlar bunga itoat qilishga majbur bo'lishdi — emlashlar parvozdan bir necha soat oldin amalga oshirildi.

4. Lanatlangan polshalik darvozabonlar

1971 yilning sentyabrida Polsha terma jamoa saralash doirasida Turkiyani mag'lub etdi. Gurskiy "To'p bilan yarim asr" kitobida xotirlashicha, murabbiy GFRga qarshi navbatdagi o'yinda turklarni mag'lub etgan tarkibni maydonga tushirish niyatida edi, yig'inga chaqirilgan birinchi va ikkinchi raqamli darvozabonlar jarohatini davolashga yo'l oldi. "Pitr CHayada qo'rquv hissiyoti mavjud edi, bu ajablanarli emas - raqib bilan ketma-ket ikkita to'qnashuvda u boshidan jarohat olgan, shifokorlar unga dam olishni tavsiya qilishgandi. Yan Gomolaning umurtqa pog'onasi shikastlangan edi va u bazani gipsli korsetda tark etdi. Grotinskiyni esa jamoada ortiq ko'rishni xohlamadim, shu bois yoshlar jamoasida ishlagan paytim yodimda qolgan Yan Tomashevskini tanladim". 

SHu tariqa, saralashning navbatdagi o'yinida Polsha terma jamoasining to'rtinchi darvozaboni maydonga tushirildi.

5. Kiprlik hakamning ahmoqligi

Evro-1972 saralash bosqichi doirasida Bolgariya — Norvegiya uchrashuvi (1:1) tanaffusiga bir daqiqa qolganda bolgariyalik Xristo Bonev jarima zarbasidan raqib darvozasiga ikkinchi to'pni kiritdi, biroq kiprlik hakam Kiriakidis golni hisoblamay, darvozabonning erkin zarba bilan to'pni o'yinga kiritishi lozimligini bildiradi. Albatta, bolgarlar bundan taajjubga tushadi: "Nima bo'ldi, janob hakam?" Ammo kiprlik hakam qarorini o'zgartirmaydi. O'yindan keyin u jurnalistlarga jarima zarbasi emas, balki erkin zarba belgilaganini, faqatgina qo'lini yuqoriga ko'tarishni unutib qo'yganini aytadi.

6. CHexoslavakiya terma jamoasining hiylasi

EVRO-72 saralash bosqichi CHexoslovakiya va Finlyandiya o'yini bilan ochildi. Finlar Pragaga bitta maqsad bilan kelishdi: o'ta yirik hisobdagi mag'lubiyat bilan ortga qaytmaslik. Jamoa bosh murabbiyi Olavi Laaksonen shunday dedi: "Jahon chempionati ishtirokchisiga yutqazib qo'ymaslik uchun qanday harakat qilishimiz lozimligini tasavvur qila olmayman. Ammo biz Xelsinkidagi javob o'yiniga imkon qadar ko'proq tomoshabin kelishi uchun kurashamiz".

Tasavvur qiling-a, Laaksonen CHexoslovakiya terma jamoasining o'z shogirdlari qarshisida saf tortganida, jahon chempionatida ishtirok etmagan birorta futbolchini ko'rmadi va bundan hayratda qoldi. Mundialda ishtirochilaridan birortasi, hatto Meksikaga zaxira o'yinchisi sifatida borganlarning ham birortasi yo'q edi! Evropada ozmi-ko'pmi taniqli futbolchilardan faqat himoyachi Yozef Bomba maydonga tushdi.

SHu erda mutlaqo mantiqiy savol tug'iladi: "Asosiy tarkib qaerga ketdi?" Gap shundaki, CHexoslovakiya futbol ittifoqi Meksikadagi jahon chempionatida guruhda so'nggi o'rinni egallagani uchun murabbiylar va futbolchilarni jazolashga qaror qildi. 

Delegaciya mundial o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish o'rniga, brend liboslar ishlab chiqaruvchi "Adidas" yoki "Puma"dan qaysi biri bilan hamkorlik qilishni muhokama qilganlikda ayblangan.

7. Birinchi divizion futbolchisining muvaffaqiyati

SSSR terma jamoasiga, odatda, Oliy liga futbolchilari chaqirilardi. Biroq 1970 yilning 28 oktyabrida Birinchi ligada ishtirok etadigan "Rubin" futbolchisi Viktor Kolotov Yugoslaviyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida debyutini amalga oshirdi. U asosiy tarkibda maydonga tushib, raqib darvozasini ishg'ol qildi. Uch haftadan so'ng u Evro-1972 saralashi doirasida Kiprga parvoz qilib, 16 daqiqa ichida gol+pasni o'z hisobiga yozdirib qo'yadi.

1971 yil yarim himoyachi yana bir bor Kiprni xafa qildi, Hindiston bilan o'rtoqlik o'yinida xet-trik qayd etdi va guruhdagi asosiy raqib - ispanlarga qarshi o'yinda hisobni ochdi. SSSR guruhdan chiqqach, Yugoslaviya terma jamoasi bilan chorak finalda Viktor Kolotov g'alaba golini uradi va mamlakatni evrokubokning final bosqichiga olib chiqadi.

Rossiyaga borishdan bosh tortgan Ispaniya, etakchilarsiz qatnashgan Franciya hamda bashoratchi shifokori bilan g'olib bo'lgan SSSR — ilk Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz

Di Stefano, Pushkash kabi futbolchilarni chaqirmagan chempion hamda kumush medallar uchun ishdan haydalgan murabbiy — ikkinchi Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz

Tanga tashlash orqali finalchi aniqlangan hamda hal qiluvchi o'yini qayta o'tkazilgan Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz 


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing