16 noy 10:49
Yangiliklar
Futbol
Messi Braziliyaga qarshi o'ynaydimi?
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skalonining aytishicha, Messi ertaga Braziliyaga qarshi bo'ladigan o'yinda maydonga tushadi.
"Avvalgi o'yin oldidan ham u jismoniy tomonlama yaxshi formada edi. Ammo biz uni faqatgina o'yinning bir qismida o'ynashini maqul ko'rdik.
SHuni tasdiqlashim mumkinki, u Braziliyaga qarshi o'ynaydi. Umid qilaman, Messi o'zini yaxshi his qiladi. Bizni JCHga chiqib bo'lgan etakchi terma jamoaga qarshi qiyin o'yin kutmoqda. Ammo bu Amerika Kubogi finali emas", - dedi Skaloni.
Eslatib o'tamiz, Messi sog'lig'i bilan bog'liq muammolar sabab PSJning ikki o'yinini o'tkazib yuborgandi. Urugvayga qarshi o'yinda esa 76-daqiqada maydonga tushirilgandi.
Havola :
Fikrlar