19 noy 07:34
Yangiliklar

“Metallurg-W” O'zbekiston Kubogi sohibiga aylandi
Unda “Metallurg-W” futbolchilari “Bunyodkor-W” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. O'yinda Bekobod shahri vakilalari 3:1 hisobidagi irodali g'alabaga erishib, O'zbekiston Kubogi sohibi bo'lishdi.
Bu bilan “Metallurg-W” o'z tarixida uchinchi bor mamlakat Kubogi egasiga aylandi. Bundan avval bekobodliklar 2014 va 2015 yillarda O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritishgan edi.
Ayollar o'rtasida O'zbekiston Kubogini eng ko'p – 9 marta “Sevinch” jamoasi qo'lga kiritgan. Yana 4 bora “Andijanka” klubi mamlakat Kubogi sohibi bo'lgandi.
XVI O'zbekiston Kubogi
“Bunyodkor-W” (Toshkent) – “Metallurg-W” (Bekobod) 1:3
Gollar: Nargiza Abdurasulova (6) – Mahliyo Sarikova (12, 74), Diyora Habibullaeva (84)
“Bunyodkor-W”: Olga Kaxarova, Nargiza Abdurasulova, Mariya Moiseeva (Darina Fedosenko, 69), Saida Galimova, Ekaterina Selnikova, Lidiya Cema, Umida Zoirova, Ezoza SHaripova (Tojiniso Rashidova, 85), Dilnoza Bektemirova, Soliha Husniddinova, Luiza Sadirova.
“Metallurg-W”: Gulandon Boymatova, Zumradjon Nazarova, Nasiba Xojieva, Irodaxon Turdalieva (Yulduz Nabieva, 62), Maxfuza Turopova (Ziyoda Irisboeva, 90), Mahliyo Sarikova, Feruza Turdibaeva (Jamolova Nigina, 90), Xolida Dadaboeva, Mavluda Munavvarova, Diyora Habibullaeva (Lutfiniso Hamidova, 88), Lyudmila Karachik (Diyora Erkinova, 90).
Ogohlantirishlar: Saida Galimova (25) – Mahliyo Sarikova (35), Iroda Turdalieva (71)
Fikrlar