21 mar 09:36
Yangiliklar
Boks/MMA, Futbol
![](/upload/storage/30683_220.jpg)
Meyvezer APL futbol klublaridan birini sotib olib, unga Ronalduni olib kelmoqchi
Taniqli bokschi Floyd Meyvezer "Nyukasl" futbol jamoasini sotib olishga tayyor ekanligi haqida gapirdi.
"Men "Nyukasl"ni yaxshi ko'raman. Bu shaharda odamlar qanday bayram qilishni bilishadi. O'tgan yili u erdagi futbolchilar bilan tanishgandim, yaxshi yigitlar.
Biznes uchun yangi imkoniyatlar doimo qidraman. Sportning barcha turlarini yaxshi ko'raman. Ammo, yurakning emas, aqlning gapiga kirib biznesni moliyalashtirish kerak. Aks holda siz bankrot bo'lishingiz xech gap emas.
Balki futbol mening sportim emasdir, ammo ko'p joyda aloqalarim bor. Ronaldu bilan anchadan beri do'stmiz. U faoliyatini "Nyukasl"da tugatishi ham mumkin", - dedi Meyvezer.
Havola :
Manba : Marca
Fikrlar