28 fev 08:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Meyvezer CHalmers bilan ko'rgazmali jangda jiddiy jarohat olibdi
Floyd Meyvezerning jangda jiddiy jarohat olgani aytilmoqda.
Boks bo'yicha beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni, amerikalik Floyd Meyvezer MMA jangchisi Aaron CHalmers bilan ko'rgazmali jang vaqtida qo'lidan jarohat olganini aytdi.
"Aslida qo'limni shikastlab olgan edim va ko'pchilik buni bilmasdi. Bu men xuk zarbasini yo'llaganimda yuz berdi. Balki qo'lim singandir. Lekin biz vahima qilmaymiz. Men hali ham chap qo'limda zarba bera olaman", - dedi Meyvezer.
Eslatib o'tamiz, Floyd Meyvezer 26 fevral kuni Aaron CHalmersga qarshi 8 raundlik ko'rgazmali boks jangida ringga ko'tarilgan edi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar