27 mar 10:10
Yangiliklar
Tennis
Miami Open. Putincevani mag'lub etgan Azarenko 1/2 finalda
"Katta Dubulg'a" turnirlarining ikki karra g'olibasi, dunyoning sobiq birinchi raketkasi Viktoriya Azarenko Mayamidagi musobaqaning yarim finaliga yo'l oldi.
Belaruslik tennis malikasi WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirning 1/4 finalida WTA reytingida 68-pog'onadan joy olgan qozog'istonlik Yuliya Putincevani 7:6 (7:4), 1:6, 6:3 hisobida taslim etdi.
Dunyoning 27-raketkasi bo'lib turgan Azarenko 3 soatu 45 daqiqa davom etgan 1/4 finalda 2 ta, Putinceva 5 ta eys zarbani amalga oshirgan. Mayami turnirining umumiy mukofot jamg'armasi 8,9 million dollarni tashkil etadi. Uning amaldagi g'olibasi chexiyalik Petra Kvitova hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar