29 okt 15:00
Yangiliklar
Futbol
Mikael Sekeyra aytgan gaplar Portugaliyada ham shov-shuv uyg'otdi
"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra "Qo'qon-1912" bilan o'yindan so'ng chidab tura olmadi.
Superliga 23-tur uchrashuvini Qo'qonda o'tkazgan "Lokomotiv" 1:2 hisobida mag'lub bo'lgach, o'yindan keyingi matbuot anjumanida "temiryo'lchilar" ustozi ichidagini to'kib soldi. Mikael Sekeyraning aytgan gaplari o'zbek OAVda katta shov-shuv uyg'otdi.
SHuningdek, murabbiyning gaplari vatani Portugaliyada ham televideniya, saytlar va nashrlar etiborini tortdi. Xususan Portugaliyada chop etiladigan mashhur "A Bola" sport nashri Sekeyraning o'yindan keyin bildirgan fikrlaridan kelib chiqib maqola chop etdi.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik murabbiy o'yindan keyingi matbuot anjumanida bunday tizim va futbolga etibor bilan O'zbekiston hech qachon jahon chempionatiga chiqmasligini aytgan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar