21 may 12:00
Yangiliklar
Futbol

"Milan" azolari koronavirus uchun test topshirishdi
"Milan" futbolchilari koronavirus uchun topshiriladigan testning birinchi bosqichidan o'tishdi.
Football Italia xabariga ko'ra, barcha testlar salbiy natijani ko'rsatgan, yani toza chiqqan, hech bir futbolchida kasallik alomatlari aniqlanmagan.
21 may, payshanba kuni "rossonerilar" yana ko'rikdan o'tishadi. Agar natijalar yana salbiy natijani ko'rsatsa, jamoa juma kuni mashg'ulotlarni davom ettiradi.
Ikki oy oldin koronavirus "Milan" direktori Paolo Maldini va uning o'g'li Danielda aniqlangan edi. Aprel oyining boshlarida ularning tuzalgani elon qilingandi.
Havola :
Fikrlar