17 sen 09:05
Yangiliklar

“Milan” Bakkaning yagona goli evaziga “Sampdoriya”ni mag'lub etdi
“Milan” klubi safarda Genuyaning “Sampdoriya” jamoasi mehmoni bo'lib, kichik hisobda g'alaba qozondi. Yagona gol 85-daqiqada Karlos Bakka tomonidan kiritildi.
“Milan” 4ta uchrashuvdan 2tasida zafar quchib, 2ta o'yinda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. “Rossonerlar” turnir jadvalida to'plar nisbatiga ko'ra 6-o'rinni egallab turishibdi.
Italiya A seriyasi. 4-tur
SAMPDORIYA – MILAN 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 85 Bakka.
“Sampdoriya” – Viviano, Sala (Pedru Pereyra, 31), Silvestre, SHkrinyar, Redjini, Barreto (SHik, 88), Torreyra, Linetti, Prat (Fernandesh, 69), Kualyarella, Muriel.
“Milan” – Donnarumma, Abate, Paletta, Romanoli, Kalabriya, Sosa (Lokatelli, 57), Montolivo, Bonaventura, Suso (Gomes, 90), Lapadula (Bakka, 64), Nyang.
Ogohlantirishlar: Lapadula (38), Bonaventura (47), Pedru Pereyra (71), Muriel (84), Donnarumma (90).
Fikrlar