05 dek 11:53
Yangiliklar
Futbol

"Milan" Braziliya terma jamoasi hujumchisini xarid qilmoqchi
"Milan" "Gremio" futbolchisiga qiziqmoqda.
"Milan" skautlari Everton Soaresning "Gremio" ishtirokidagi so'nggi o'yiniga tashrif buyurishgan. Xabarlarga ko'ra, kelasi hafta Braziliya terma jamoasi o'yinchisining vakillari ham Italiyaga borishadi. Ular "Milan" rahbariyati bilan uchrashishlari ham mumkin.
23 yoshli Everton Soares shu yili o'tkazilgan Kopa Amerika-2019 musobaqasida g'olib bo'ldi.
Futbolchi "Gremio" safida 176ta o'yinda maydonga tushib, 47ta gol va 16ta assist qayd etgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar