24 dek 08:56
Yangiliklar
Futbol

"Milan" Gattuzoning o'rniga boshqa murabbiy topib qo'ydi
Yaqin kunlarda "Milan" klubi rahbariyati Jennaro Gattuzoni istefoga chiqarishi mumkin.
"La Gazzetta Dello Sport" nashri xabariga ko'ra, 40 yoshli mutaxassisning o'rnida ishlaydigan murabbiy ham topib qo'yilgan. Arsen Venger Londondagi 22 yillik faoliyatidan so'ng Milanda ish boshlashi mumkin.
Malumot uchun, Italiya A Seriyasining 17-turidan keyin "Milan" 27 ochko bilan turnir jadvalining 5-pog'onasini egallab turibdi.
Havola :
Fikrlar