16 avg 09:40
Yangiliklar
Futbol

“Milan” Ibragimovichni jamoada saqlab qolmoqchi, ammo...
“Milan” rahbariyati shveciyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich klubda qolishi tarafdori, deya xabar bermoqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira o'zining Tvitterdagi sahifasida.
Jurnalistning yozishicha, 38 yoshli Ibragimovich ham o'zini Milanda baxtli his qilmoqda. Muzokaralar jarayonidagi eng munozarali holat futbolchiga to'lanadigan maosh bo'lib qolmoqda. Ibragimovich va uning agenti Mino Rayola yiliga bonuslar bilan 6 million evro talab qilmoqda, “Milan” rahbariyati esa ushbu summani kamaytirish istagida.
Ibragimovich 2020 yilning yanvarida “Los-Anjeles Gelaksi”dan erkin agent sifatida “Milan”ga ko'chib o'tgandi. Joriy mavsumda u Italiya klubi safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta golga muallifliq qildi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar