22 dek 16:30
Yangiliklar
Futbol
"Milan" jarimaga tortildi
Evropa futbol ittifoqi (UEFA) moliyaviy feyr-pley qoidalariga amal qilmagan "Milan"ni jarimaga tortdi.
So'nggi qarorga ko'ra, rossonerlar 5 mln. evro jarima to'lashadi. Agar ular malum vaqt ichida moliyaviy ko'rsatkichlarini yaxshilay olishmasa yana 15 mln. evroni UEFA hisobiga o'tkazib berishadi.
Oldinroq, UEFA moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan "Milan"ning vaziyatdan chiqish taklifini qabul qilmagan edi. Klub rahbariyati tezkor rivojlanish rejasini taklif qildi, ammo UEFA bu rejaga ishonmadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar