30 jan 09:16
Yangiliklar
Futbol

“Milan” ketma-ket ikkinchi marta Italiya kubogi yarim finalida!
Kecha “Milan” “Napoli”ni Kshishtof Pyontekning dubli evaziga mag'lub etib, Italiya kubogi yarim finaliga chiqdi.
Bu “rossonerilar”ning so'nggi 7 yil ichida ketma-ket 2-marta Italiya kubogi yarim finaliga chiqishi bo'ldi. Jamoa 2010/11 va 2011/12 yilgi mavsumlarda ham yarim finalga chiqqan, lekin hal qiluvchi uchrashuvga yo'l ola bilmagandi.
Eslatib o'tamiz, "Milan" klubi o'tgan mavsumda finalga chiqib, “Yuventus”ga yirik 0:4 hisobida yutqazib qo'ygan edi.
Havola :
Fikrlar