21 sen 06:25
Yangiliklar

“Milan” “Lacio”ni mag'lub etib, 3-o'ringa ko'tarilib oldi
Uchrashuvda “Milan” rimliklarni ishonchli tarzda mag'lub etdi. Avvaliga Karlos Bakka 37-daqiqada hisobni ochdi. 74-daqiqada esa Nyang belgilangan penaltidan yakuniy hisobni o'rnatdi. “Milan” - “Lacio” 2:0.
Ushbu g'alabadan so'ng “rossonerlar” 9 ochko bilan 3-o'ringa ko'tarilib olishdi. Lekin keyingi o'rinlarni egallab turgan jamoalar g'alaba qozongan taqdirlarida “Milan”ni o'tib ketishlari mumkin.
Italiya A seriyasi. 5-tur.
MILAN – LACIO 2:0
“Juzeppe Meacca (San-Siro)” stadioni
Gollar: 1:0 – 37 Bakka, 2:0 – 74, penalti Nyang.
“Milan” – Donnarumma, Kalabriya, Paletta, Romanoli, De SHilo, Bonaventura (Xonda, 82), Montolivo, Kucka, Suso (Lokatelli, 68), Nyang, Bakka (Gomes, 87).
“Lacio” – Strakosha, Radu, Bashtush (Keyta, 46), de Vrey, Basta, Kataldi (Luis Alberto, 77), Parolo, Milinkovich-Savich, Lulich, Immobile, Jorjevich (Felipe Anderson, 46).
Ogohlantirishlar: Bashtush (45), Kataldi (59), Kalabriya (62), Radu (73), de Vrey (76).
Fikrlar