06 may 14:01
Yangiliklar
Futbol

"Milan" mashg'ulotlarga qaytmoqda
A Seriya klublari mashg'ulotlarga qaytishmoqda.
7 may kuni "Milan"ning barcha futbolchilari koronavirus uchun test topshirishadi. Oldinroq, "Milan" barcha o'yinchilaridan Italiyaga qaytishni so'ragandi.
Hozircha Frank Kesse va Zlatan Ibragimovichlar bu talabni bajarishmayapti. Ganalik va shveciyalik futbolchilar kelishganidan so'ng ikki haftalik majburiy karantinga joylashtirilishadi. Qolganlar esa mashg'ulotlarni boshlashadi.
"Milan" A Seriyada ayni damda 7-o'rinda bormoqda. Klub shuningdek Italiya Kubogi finali uchun ham raqobat qilmoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar