07 jan 10:28
Yangiliklar
Futbol

“Milan” qatorasiga uchta o'yindan buyon gol urolmayapti
A seriyaning 18-turida “Milan” o'z maydonida “Sampdoriya” (0:0) qarshiligini engga olmadi.
“Rossoneri”lar 2018 yilning dekabr oyidan buyon ilk marta qatorasiga uch uchrashuvdan buyon raqib darvozasini ishg'ol eta olishmayapti. Milanliklar A seriyada so'nggi uchta uchrashuvning ikkitasida durang qayd etgan bo'lishsa, bitta bahsda (“Atalanta” 0:5) mag'lubiyat alamini “tatib” ko'rishgan.
Stefano Pioli jamoasi 18-turdan keyin turnir jadvalining 12-pog'onasida bormoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar