17 fev 08:59
Yangiliklar

"Milan" safarda Pyontekning dubli evaziga zafar quchdi
Uchrashuvda mehmon maqomida harakat qilgan milanliklar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Polshalik Pyontek to'purarlik mahoratini bu o'yinda ham namoyish qildi. U dubl muallifiga aylanib, jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.
Atalanta – Milan 1:3
"Adzurri d′Italiya" stadioni
Gollar: 1:0 – 33 Froyler, 1:1 – 45 Pentek, 1:2 – 55 CHalxanoglu, 1:3 – 61 Pentek.
Atalanta – Berisha, Gimshiti, Palomino, Kastan, Toloi, Ilichich, Froyler, Gomes (Kulusevski, 59), de Ron, Xatebur (Gosens, 65), Sapata (Barrou, 78).
Milan – Donnarumma, Musakko, Rodriges, Kalabriya, Romanoli, Lukas Paketa (Laksalt, 87), Bakayoko, CHalxanoglu, Kessie, Suso (Kastilexo, 77), Pentek (Kutrone, 68).
Ogohlantirishlar: de Ron (18), Suso (27), Rodriges (88).
Fikrlar