29 dek 11:04
Yangiliklar
Futbol

“Milan”dan bo'shatilgan Montella “Sevilya” ustoziga aylandi
“Sevilya” klubi rahbariyati italiyalik mutaxassis Vinchenco Montella bilan kelishuvga erishdi.
Bugun, 29 dekabr kuni Montella Italiyaga uchib boradi va “Milan” bilan rasman shartnomasini bekor qiladi. Bugunning o'zida Vinchenco Sevilyaga qaytib ketadi va yangi klubi bilan rasman shartnoma imzolaydi.
Montellaning “Sevilya” bilan shartnomasi 2019 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Ertaga, 30 dekabr kuni 43 yoshli mutaxassis yangi jamoasi bilan ilk mashg'ulotni o'tkazadi.
Havola :
Fikrlar