18 okt 08:44
Yangiliklar
Futbol

“Milan”ning qarzi 460 million evroga etdi
Italiyaning “Milan” klubi bir necha yildan beri zarar ko'rib ishlamoqda.
So'nggi 14 yilda klub 730 million evro zarar ko'rgan bo'lsa, shundan 460 million evro faqatgina so'nggi besh yilda qayd etilgan.
Jamoaning 2017 yil 1 iyuldan 2018 yil 30 iyunigacha bo'lgan holatdagi kamomadi 126 million evroni tashkil etadi. Bu avvalgi yilgi ko'rsatkichdan 53 million evroga ko'pdir.
Havola :
Fikrlar