08 mar 14:30
Yangiliklar
Boks/MMA, Boshqalar
Milliy olimpiya qo'mitasi MMA federaciyasi haqidagi xabar borasida bayonot berdi
Kecha OLAMSPORT.COM saytida O'zbekistonda yangi MMA (aralash qoidalar jangi) federaciyasiga asos solinganligi haqida xabar qilingandi.
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi shuni malum qiladiki, ushbu federaciya tuzilishi oldidan na Milliy olimpiya qo'mitasi, na O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabardor qilingan. Qolaversa, bu federaciya ayni paytda yuridik jihatdan xech qanday kuchga ega emas.
SHu sababli ham, Milliy olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O'zbekistonda yangi tuzilgan ushbu federaciyani tan olmasligini rasman malum qiladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar