So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

09 mar 20:25
Yangiliklar

Boshqalar

Milliy olimpiya qo'mitasi MTRK bilan hamkorlikda yangi onlayn dasturni efirga tayyorlamoqda

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilovlar O'zbekiston Milliy teleleradiokompaniyasiga qarashli Mediamarkazga tashrif buyurishdi.

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilovlar O'zbekiston Milliy teleleradiokompaniyasiga qarashli Mediamarkazga tashrif buyurishdi va bu erda MTRK raisi Alisher Xodjaev hamda “Sport” teleradiokanali direktori Zohid Karimov bilan uchrashishdi.

Uchrashuvda o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, aloqalarni mustahkamlash, birgalikda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi. Jumladan U. Ahmadjonov bundan buyon MTRK ijodiy va texnik xodimlarini xalqaro musobaqalarga MOQ hisobidan olib borish, ularni Osiyo va Olimpiya o'yinlari, jahon va qita chempionatlari, xattoki Gran Pri turkumidagi nufuzli musobaqalarga ham akkredetaciyadan o'tkazish va bevosita ishtirok etishi masalasida amaliy yordam berishini takidlab o'tdi.

“Biz o'zaro aloqalarni mustahkamlash va kengaytirish tarafdorimiz. Bu yilgi mavsumdan boshlab futbol bo'yicha O'zbekiston Superligasining barcha uchrashuvlarini “Sport” telekanali orqali jonli translyaciya qilishni yo'lga qo'ydik. Bu bilan eng avvalo muxlislar uchun ajoyib sovg'a hozirladik. O'ylaymanki bu ham MTRKning ham PFLning yutug'i bo'ldi. Demak o'zaro hamkorligimiz natijasini bera boshladi. Tashabbusimizni qo'llab-quvvatlaganingiz uchun, Alisher Djurakulovich sizga minnatdorchilik bildiraman” – dedi Umid Ahmadjonov.

O'z navbatida MTRK raisi bunga javoban “Sport” teleradiokanali Milliy olimpiya qo'mitasining eng asosiy axborot hamkori bo'lishi, bundan buyog'iga ham MTRK rahbariyati sport musobaqalarini jonli translyaciya qilish masalasida bor imkoniyatni ishga solishga vada berdi.


“Bugungi uchrashuvdan juda hursand bo'ldim, boisi o'zaro hal etiladigan masalalar to'planib qolgandi. Eng avvalo Jismoniy tarbiya va va sport vaziridan viloyatlardagi sport inshootlarida jonli efirga chiqish uchun sharoitlar yaratib berilishini iltimos qilardim. Biz ham sport musobaqalari to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatilishi tarafdorimiz. Ammo, mamlakatimizning barcha sport majmualarida ham bu borada sharoit mavjud emas. Ayniqsa viloyatlardagi inshootlarning komunikaciyasiga etibor kuchaytirilsa nur ustiga alo nur bo'lar edi. Qaysilarida telekomunikaciya tizimida muammolar bo'lsa, bazilarining yoritish tizimida kamchiliklar ko'zga tashlanadi. Agar shu muammolarning bartaraf etishga yordam bersangiz, jonli efirlar masalasi uzul-kesil hal etilardi” – deb takidlab o'tdi A.Xodjaev.


SHoakram Isroilov bu borada tegishli mutasaddilarga ko'rsatma berishni va ishlarni shaxsan o'z nazoratiga olishni aytib o'tdi.

SHuningdek, uchrashuv davomida “Sport” telekanalida yangi onlayn dasturini tashkil etish masalasi muhokama etildi. SHartli nomi “Sport Klub” bo'lgan mazkur dastur aholi dardini eshitish, sport federaciyalar rahbarlari bilan jonli efirda bevosita muloqot qilish, farzandlarini sportchi qilish niyatiga yurgan ota-onalarga zarur maslahat va tavsiyalar berish, mamlakatimizda sportning ommaviyligini oshirish  maqsadida tashkil etilmoqda. Bugun tomonlar bu borada ham kelishuvga erishishdi.

Uchrashuv yakunida U.Ahmadjonov va SH.Isroilov onlayn dastur tasvirga olinadigan MTRK pavilonlaridan birining faoliyati bilan ham tanishishdi. Bu erda yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
10 mar 07:44:38
Husniddin Mirzaliyev
Худди мени эшитгандай тасаввур уйғоняпти.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing