So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

06 iyu 14:11
Yangiliklar

Ot Sporti

Milliy olimpiya qo'mitasi Toshkent markazida ilk marotaba otlar ishtirokida ajoyib tadbir tashkil qiladi

Teglar :  Ot sporti
Poytaxtimiz aholisi va mehmonlarini juda qiziqarli tadbir kutib turibdi, deya xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan ertaga, 7 iyul kuni Toshkent shahrida ot sporti bo'yicha qiziqarli fleshmob tashkil qilinadi. Aholi orasida ot sportini ommalashtirish, yoshlarning etiborini unga qaratish maqsadida o'tkazilayotgan tadbirga 100ta ot jalb qilinishi kutilmoqda.

Qayd etish lozimki, bu kabi chiqishlar jahonning turli mamlakatlarida, deyarli barcha yirik shaharlarda o'tkaziladi. Parad ajoyib ot yo'rttirish, ularning nozik yo'rg'alashi va boshqa ajoyib chiqishlarni tomosha qilish imkonini beradi.

Ko'p asrlardan beri bu jonivorlarning sadoqatligi, chidamliligi, tezligi va erkin hur hulqi insonlarni hayratga solib keladi. Oldin otlar jangchilarning sodiq do'sti bo'lib kelgan bo'lsa, hozirgi kunda esa ular sport maydonida chavandozlarning ishonchli sherigidir.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi, Milliy Gvardiya, Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan ushbu tadbir ertaga soat 18:00da poytaxtimiz markazida joylashgan "Amir Temur hiyoboni"da bo'lib o'tadi.

Qo'shimcha malumotlarni 148 31 13 raqamlari orqali olish mumkin bo'ladi.

O'zbekistonda ilk marotaba o'tkazilayotgan ushbu ajoyib tadbirni o'tkazib yubormang!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing