So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

29 noy 18:02
Yangiliklar

Boshqalar

Milliy olimpiya qo'mitasida Janubiy Koreyalik golf mutaxassisi bilan uchrashuv tashkil etildi

Xabaringiz bor, O'zbekiston Tokio 2020 Olimpiya o'yinlariga qizg'in tayyorgarlik olib bormoqda.

Kunchiqar yurt mezbonlik qiladigan Olimpiya o'yinlarida yurtdoshlarimiz vatanimiz uchun yangi bo'lgan sport turlaridan ham licenziya qo'lga kiritishni maqsad qilganlar. Jumladan, golf ham ana shunday sport turlari toifasiga kiradi. CHunki, o'zbekistonlik sportchilar bungacha golf bo'yicha Olimpiya o'yinlarida ishtirok etmaganlar.

Bugun, 29 noyabr kuni Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov golf bo'yicha Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan mutaxassis Yang CHan Guk bilan uchrashdi. Sir emaski, mazkur yurt golf bo'yicha jahonda etakchi mamlakatlar qatorida etirof etiladi. O'tkazilgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik o'rnatish bo'yicha muzokaralar o'tkazildi.

«Avvalambor, O'zbekistonga xush kelibsizlar! Mamlakatimizga Janubiy Koreyadan ham golfchilar kelib turishadi. CHunki, bizda mazkur sport turi uchun baza bor. Biz bundan samarali foydalangan holda O'zbekistonda ham golfni rivojlantirmoqchimiz. Tan olish lozim, sportning ushbu turi yurtimizda u qadar rivojlanmagan. Golf ommaviyligi bo'yicha Janubiy Koreya ancha yuqori pog'onalarda turadi», – dedi MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov.

O'z navbatida mehmon ham hamkorlik qilishdan xursand ekanligini, golf O'zbekiston uchun mos keluvchi sport turiligi haqida gapirdi.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlik o'rnatish, O'zbekistonda golfni rivojlantirish, Tokio 2020 Olimpiya o'yinlari uchun O'zbekistonning licenziya qo'lga kiritish imkoniyatlarini muhokama qildilar. SHuningdek kelishuvga ko'ra, yaqin kunlarda o'zbekistonlik yosh golfchilar Janubiy Koreyaga borib, o'z malakalarini oshiradilar.

Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan mehmonga esdalik sovg'asini taqdim etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing