So’nggi yangiliklar

18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0

22 fev 19:05
Yangiliklar

Engil atletika

Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston Engil atletika federaciyasining hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi

Teglar :  Engil atletika
Konferenciyani Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov olib bordi.

Unda 2013–2016 yillar davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan federaciya rahbariyatining hisoboti tinglandi. 

Malumki, o'tgan to'rt yil davomida engil atletika bo'yicha mamlakatimiz sportchilari ko'plab xalqaro turnirlarda, Osiyo o'yinlari va qita chempionatlarida Vatanimiz sharafini himoya qilib, sovrindorlar safidan o'rin egallashdi. SHu bilan birga yurtimizda ham qator ichki va xalqaro musobaqalar yuqori saviyada tashkil qilinib, yangidan-yangi iqtidorlar safi kengaydi. 

Qolaversa to'rt yillikning eng muhim musobaqasi sanalgan Olimpiya o'yinlariga ham licenziyalarning eng ko'pini aynan ushbu sport vakillari qo'lga kiritishgandi. Ammo hozircha engil atletikachilarimizdan hech biri Olimpiya o'yinlari sovrindorlari orasiga kira olmadi.  

So'nggi yillarda sportning ko'pgina turlari qatorida engil atletikaga ham davlatimiz tomonidan alohida etibor qaratilmoqda. Konferenciyada sportning ushbu turini mamlakatimizda yoshlar orasida yanada ommaviylashtirish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash, terma jamoalarda selekciya ishlarini kuchaytirish, murabbiylar malakasini oshirish va albatta navbatdagi Olimpiya o'yinlari Tokio 2020da muvaffaqiyatli ishtirok etish federaciyaning ustuvor vazifalari sifatida belgilandi. 

Konferenciyada shuningdek, Engil atletika federaciyasi rahbariyatining yangi tarkibi saylandi. Jumladan, O'zbekiston Engil atletika federaciyasi raisi lavozimiga O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari G'ulomjon Ibragimov, uning birinchi o'rinbosari etib “O'zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi o'rinbosari Olimxon Rustamov bir ovozdan saylanishdi. 

Abdullo Sagdiev, Bexzod Mirtemirov, Baxtiyor Ikramjanovlar rais o'rinbosari lavozimiga, Kamoliddin Ro'zimuhamedov esa Bosh kotib lavozimiga saylanishdi. 

Yana bir yangilik. Ayni vaqtda poytaxtimizdagi “Paxtakor” stadioniga yondosh hududda engil atletika bo'yicha maxsus sport majmuasi hamda federaciyaning yangi binosi qad roslamoqda. Federaciya rahbariyatining so'zlariga ko'ra mazkur majmua shu yilning aprel oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Bu o'z navbatida sportning ushbu turini mamlakatimizda yanada rivojlanishi va ommaviylashuviga xizmat qilishi shubhasiz.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing