So’nggi yangiliklar

09:44Хабиб телефонда камроқ вақт ўтказишни маслаҳат беряпти 0 09:18Пётр Ян - Мераб Двалишвили трилогияси Абу-Дабида ўтказилади 0 08:53ЖЧ-2026да Мессига суиқасд тайёрланган 0 08:07Оғир атлетикачиларимиз қитъа биринчилигида яна бир бронза медалига эга чиқишди 0 18:53"Бу уларга таъсир қиларди". Хабиб жанг пайтида рақиблари билан тез-тез гаплашиб турганини тушунтирди 0 18:10"Ҳазиллашмаяпман". Стрикленд Трамп ва Гитлер ўртасида ўхшашликни кўрсатди 0 17:35"Реал" ёзда Александр-Арнольдни сотиш ниятида эмас 0 16:59Хабиб нима учун Макгрегорни ҳеч қачон ҳақорат қилмаганини тушунтирди 0 16:14Икки вазнда собиқ UFC чемпиони промоушендаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:33Усик фаолиятидаги сўнгги жанг ҳақида: "Бизда иккита вариант бор" 0 14:57"Манчестер Юнайтед" дарвозабони бошқа клубга ўтди 0 14:16"У билан ҳаммаси тамом бўлган". Оверим Макгрегор ҳақида 0 13:40Алматидаги катта масштабдаги халқаро ўқув-машғулот йиғини давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:58Жавоҳир Синдаров: "Мен Гукешнинг энг кучли версиясига тайёрланяпман" 0 12:33УЕФА жазмани билан боғлиқ жанжал сабаб Инфантинонинг фаолиятини текширмоқчи 0

25 jan 11:41
Yangiliklar

Ot Sporti

Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston ot sporti federaciyasining hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi

Teglar :  Ot sporti
Konferenciyani Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov olib bordi.

Unda dastlab qilingan ishlar yuzasidan federaciya Ijroiya qo'mitasi hamda taftish komissiyasining 2013-2016 yillar uchun hisobotlari tinglandi. 

Konferenciyada tashkiliy masala ham ko'rib chiqildi va O'zbekiston ot sporti federaciyasi raisi etib O'zbekiston Kasaba uyushmalari federaciyasi Kengashi raisi Qudratilla Rafikov bir ovozdan saylandi. 

SHuningdek, federaciya Bosh kotibi lavozimiga Eldar Anarboev, rais o'rinbosari lavozimlariga esa Avaz Karimov, Feruz Abdullaev, Avaz Ismoilovlar saylanishdi. SHu bilan birga, taftish komissiya hamda Ijroiya qo'mitasi azolarining yangi tarkibi ham tasdiqlandi. 

So'nggi yillar davomida federaciyaga rahbarlik qilib kelgan Rifkat Migmanovga qilingan ishlar uchun Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan minnatdorchilik izhor etildi va Rifkat Taufikovich ham federaciya Ijroiya qo'mitasi azoligiga saylandi. 

Konferenciyada O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Alisher Sultanov so'zga chiqib, ot sporti federaciyasi oldida turgan asosiy vazifalar, ushbu sport turini mamlakatimizda yanada rivojlantirish choralari hususida to'xtalib o'tdi. 

Jumladan, mahalliy hokimliklarini ushbu sport turini ommalashtirish bo'yicha masuliyatini oshirish, mavjud sport bazalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda bino va inshootlarni kapital tamirlash va rekonstrukciya qilish, federaciyaning hududiy bo'limlarini tashkil etish va homiylarni biriktirish, ommaviy sport tadbirlarini ko'proq tashkil etish va o'tkazish, respublika musobaqalarida viloyat terma jamoalari sportchilari ishtirokini taminlash, xalqaro ot sporti Federaciyasi bilan hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish va mamlakatimiz ot sporti federaciyasi vakillaridan Osiyo va Xalqaro ot sporti Federaciyasi rahbariyati tarkibiga kiritish choralarini ko'rish, yurtimizda ko'plab xalqaro musobaqalarni o'tkazish, mazkur musobaqalarga yuqori malakali murabbiylarni maslahatchi murabbiy sifatida jalb qilish, milliy kadrlardan xalqaro toifadagi hakamlarni tayyorlashga etibor berish, shuningdek mazkur sport turi rivojlangan xorijiy davlatlar bilan tajriba almashish ishlarini yo'lga qo'yishga alohida urg'u berib o'tdi. 

Ko'rinib turibdiki, O'zbekiston ot sporti federaciyasida qilinadigan ishlar talaygina, shu munosabat bilan O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi federaciyaning yangi raisi Qudratilla Mirsagatovich Rafikovga mashaqatli va sharafli ishlarni amalga oshirishiga katta ishonch bildirib, bu ishlarda unga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing