30 iyu 21:27
Yangiliklar
Engil atletika
Minsk jahon chempionatidan mosuvo qilindi
Xalqaro engil atletikalar federaciyasi associaciyasi(IAAF)ning qarori bilan sportcha yurish bo'yicha keyingi yili o'tkazilishi kerak bo'lgan jamoalar o'rtasidagi jahon chempionati Minskdan olib qo'yildi.
Bu haqda xabar tarqatgan IAAF saytining keltirishicha, bunga Belarus davlatining xalqaro munosabatlardagi noaniqligi sabab bo'lgan. Jahon chempionatining qaysi davlatda bo'lishi to'g'risidagi associaciya qarori bir oydan keyin elon qilinadi.
Bundan oldin xokkey bo'yicha Belarusda o'tishi lozim bo'lgan 2021 yilgi jahon chempionatini o'tkazish huquqi Latviya poytaxti Riga shahriga berilgan edi.
To'lqin RO'ZIEV
Havola :
Fikrlar