22 dek 21:29
Yangiliklar
Toshkentda o'tkazilgan "Dinamo" - "Spartak" bahsi g'olibi overtaymda aniqlandi. O'yinga 10 mingga yaqin muxlis keldi
Unda Belarusning Minsk shahri sharafini himoya qiluvchi "Dinamo" jamoasi Moskvaning "Spartak" klubiga qarshi muzga chiqdi.
O'yinning asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Overtaymda esa omad moskvaliklarga kulib boqdi. "Spartak" Adam Rujikcha kiritgan shayba evaziga Toshkentda muhim g'alabaga erishdi.
Minskliklar safida Egor Borikov va Roman Gorbunov gol urdi. "Spartak" shaybalariga esa Andrey Loktionov, Nikolay Goldobin va Adam Rujikcha mualliflik qilishdi.
Bugungi o'yin orqali "Spartak" ochkolari sonini 53 taga etkazib olgan holda Muntazam chempionat turnir jadvalidagi ikkinchi o'rnini mustahkamlab oldi. O'yin oldidan turnir jadvalida uchichni o'rinni egallab turgan "Dinamo" esa mag'lubiyatdan so'ng beshinchi o'ringa tushib ketdi.
Qayd etish joiz, bugungi uchrashuvni tomosha qilish uchun "Humo arena" majmuasiga 9405 nafar muxlis tashrif buyurdi.
Fikrlar