16 sen 18:36
Yangiliklar
Tennis
Miriam Bulgaru bosh sovrinni vatanida olib qoldi
Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida tennis bo'yicha WTA 125 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tdi.
Musobaqa bosh sovrini mezbon tennischi Miriam Bulgaruga nasib etdi. WTA reytingida 202-pog'onadan joy olib turgan rumin tennisi malikasi hal qiluvchi final bahsida o'zidan uch pog'ona yuqorida borayotgan lixtenshteynlik Katinka fon Dayxmanndan uch set natijasiga ko'ra ustun keldi - 6/3, 1/6, 6/4.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi sifatida tarixga kirdi. Ikki soatu uch daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham eys zarbasini amalga oshira olmadi. Bulgaru 5, fon Dayxmann 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ygan. Breyklar bo'yicha mutlaqo tenglik - 4 ga 4! O'z uyidagi tarixiy g'alaba Bulgaruga 125 reyting ochkosi hamda 15,000 AQSH dollari keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar