22 dek 16:58
Yangiliklar

Mirjalol Qosimov - AGMK bosh murabbiyi!
Bizga etib kelgan aniq malumotlarga ko'ra, AGMK rahbariyati nihoyat Mirjalol Qosimov bilan kelishuvga erishishga muvaffaq bo'ldi.
Ko'p yillar davomida "Bunyodkor"da murabbiy sifatida toblangan Mirjalol Qo'shoqovichga Olmaliqda ham o'zining shtabida faoliyat ko'rsatib kelgan mutaxassislar ko'maklashishi mumkin. OCHL guruh bosqichiga chiqish vazifa qilib qo'yilayotgan klubga yaqin orada "Bunyodkor"ning aksar futbolchilari kelish ehtimoli yuqori. Undan tashqari klub rahbariyatida ham "Bunyodkor"ning ayrim vakillari ish boshlashi kutilmoqda.
"Bunyodkor" esa 2019 yil homiylar tomonidan moliyalashtirilishi malum qilingan. Kuni kecha bo'lib o'tgan yangi yil bazmida ham klub homiylari 2018 yil jamoa uchun oson bo'lmaganligini takidlab o'tgan holda, yangi yilda natijalarni yaxshilashga vada berishdi.
Eslatib o'tamiz, biroz avval AGMK bosh murabbiyi sifatida ishlab kelgan Baxtiyor Ashurmatov jamoadan rasman ketgani haqidagi malumotni tasdiqlaganini xabar qilgandik.
Fikrlar