So’nggi yangiliklar

23:59"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров муваффақиятли серияни давом эттирмоқда 0 18:44"Барселона" ярим ҳимоячисини йўқотди 0 18:23Допинг туфайли ғалабасидан айрилган ва камига четлатилган қозоғистонлик UFC жангчиси баёнот билан чиқди 0 18:02Шоҳасан Мирзаматов мухлисларга мурожаат билан чиқди (ВИДЕО) 0 17:41Отабек Умаров: "Марафонда қатнашган ва уни юқори савияда ташкил этганларга раҳмат" 0 17:20Роналдиньо: "Ямал ақл бовар қилмайдиган ишларни бажаряпти” 0 16:59Осиё чемпионати. Боксчи-йигитларимиз Марказий Осиё дербиларида ғалаба қозонишди 0 16:38Бокс бўйича Ўзбекистон чемпиони Қозоғистон терма жамоаси сафида дебют қилди 0 16:17Рустам Ассакалов Осиёда 2025 йилнинг энг яхши юнон-рум кураши мураббийи деб топилди 0 15:56ПСЖ Мартинелли учун курашга қўшилди 0 15:35Марказий жанги Двалишвили - Сехудо бўлган RAF 8 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 15:14Шаҳрам Ғиёсов - Жек Кеттерол чемпионлик жанги учун расмий постер тақдим этилди + ФОТО 0 14:53Хабиб "Атлетико" - "Барселона" ўйинига ташриф буюрди ва мадридликлардан совға олди + ФОТО 0 14:32Суперлига 6-турида ишлайдиган ҳакамлар эълон қилинди. "Нефтчи" - "Пахтакор" ўйинини ким бошқаради? 0 14:11Қизиқ! Дерек Чисора аниқ зарбалар сони бўйича Деонтей Уайлдерни ортда қолдирди 0

19 dek 14:06
Yangiliklar

Futbol

Mirjalol Qosimov: "AGMK finalga o'z mehnati bilan chiqdi. Bitta o'yinda barcha narsa bo'lishi mumkin"

O'zbekiston kubogi finalidan oldingi matbuot anjumanida AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va jamoa darvozaboni Valijon Rahimov ishtirok etdi.

"Sizlar bilan ko'rishib turganimizdan xursandaman. Superliga doirasida "Navbahor"ga qarshi o'yinda Namanganga kubok finali uchun qaytib, mezbonlarga qarshi o'ynashni niyat qilgandik. Ammo bu futbol, o'z mehnatimiz bilan finalga chiqdik. Bu erga yaxshi niyatlar bilan keldik. Namangandagi bu stadionda muhit doim yaxshi bo'lgan. Muxlislar doim "Navbahor"ning 12-o'yinichisi bo'lgan. AGMK jamoasi finalga munosib tayyorlandi. "Paxtakor"ni tariflash shart emas, raqib qanday kuchga ega ekanligini barcha biladi. Bekorga ular chempion bo'lishmadi. Ammo kubok finali bitta o'yindan iborat, g'alaba qozonish uchun harakat qilamiz. Ertaga stadionga kelgan muxlislar kurashlarga boy o'yinni tomosha qilishadi va xursand bo'lib uyga qaytishadi", - deydi Mirjalol Qosimov.



"Toshkentdagi finallarda stadion to'lmasdi. Namangandagi finalda muxlislar kelib qo'llab turishsa chiroyli o'yin bo'ladi deb o'ylayman. Biz finalga tasodifan chiqib qolmadik. "Lokomotiv", "Metallurg" va "Nasaf" kabi klublarni mag'lub etdik", - deydi Valijon Rahimov.



"Bu futbol va tabiiyki finalga osongina chiqib qolmadik. Dastlab safarda "Lokomotiv"ni mag'lub etdik, keyin "Metallurg"ga qarshi bahs bo'ldi, yarim finalda "Nasaf"ni yutdik. Bu jamoa ham juda kuchli. Oson o'yinlar bo'lgani yo'q, finalga chiqishga haqli bo'ldik. Bitta o'yinda barcha narsa bo'lishi mumkin, kamroq xato qilishga va imkoniyatlardan foydalanishga intilamiz. Finalda borimizni berib o'ynashga harakat qilamiz.

Futbolda jarohatlar ko'p uchraydi, bu odatiy holat. Pandemiya sabab butun dunyo uchun juda og'ir o'tdi. Mavsum ham cho'zilib ketdi. Sanjar Tursunov maydonga tusha olmaydi. Bobur Yo'ldoshev, Mirjamol Qosimov va Murodjon Toshmatovda kichik jarohatlar bor. Jarohat olgan bir-ikki futbolchi finalda o'ynay olmaydi. Lekin shunga qaramay ertangi finalda ularning yo'qligini biltirmaymiz degan umiddaman.


Biz futbolni muxlislar uchun o'ynaymiz. Namanganda doim ajoyib muxlislik bo'lgan, o'ylayshimcha ertaga muxlislar bilan to'la stadionda o'ynaymiz. Bo'sh tribunalar baribir finalga xos emas. Muhit ham boshqacha bo'ladi. O'z vaqtida futbol o'ynaganimda ham Namanganda muxlislar ajoyib tarzda o'z jamoalarini qo'llab quvvatlashardi.

Ayni paytda OCHL haqida o'ylayotganim yo'q. Oldimizda final bor va shu bois xalqaro musobaqa haqida hozirdan o'ylash noto'g'ri bo'lardi. Agar Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etsak butun O'zbekiston sharafini himoya qilamiz va yaxshi natijalar qayd etishga intilamiz. Nafaqat bizning klubda barcha jamoalarda o'zgarishlar bo'ladi. Tarkib albatta kuchaytiriladi.

Ancha yillardan buyon murabbiylik qilayapman va hakamlar haqida deyarli gapirmaganman. Hakamlar nazoratchilari bor, ularga baho berish bizning ish emas. Finalda xorijlik hakamlar? Oldinroq ham shunday bo'lganini eslayman, lekin ayni paytda o'zbek hakamlarining malakasi arab hakamlaridan balandroq.


AGMK jamoasi yakunlayotgan yildan ko'ngli to'ldimi? Jamoada qorovuldan boshlab rahbargacha barcha bitta maqsad yo'lida birlashgan. Oson yil bo'lgani yo'q, mavsum juda og'ir o'tdi. Barcha futbolchilar charchashgan. AGMK o'z tarixida ilk bor chempionatda bronza medallariga ega chiqdi. Bu oson bo'lgani yo'q. Jamoada ishlaydigan barcha buni yaxshi biladi. Tarixiy voqea bilan muxlislarimizni, futbolchilar va ularning yaqinlarini tabriklayman. Lekin to'xtab qolish kerak emas. Oldimizda Osiyo chempionlar ligasi bahslari kutib turibdi.

Fursatdan foydalanib barcha o'zbek xalqini yangi 2021 yil bilan tabriklayman. Sog'lik-salomatlik, yangi yutuqlar tilayman. Yangi yil barchamizga omad keltirsin. O'zbekiston milliy terma jamoamizga, "Paxtakor" jamoasiga ham OCHLda omad tilaymiz", - deydi Mirjalol Qosimov. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing