So’nggi yangiliklar

19:00"Ортга йўл йўқ эди". Магомед Анкалаев Перейра қарши жангдаги мағлубият сабабини айтди 0 18:18Ўтмишга назар. Миржалол Қосимов катта футбол билан қандай хайрлашган эди? 0 17:23Теренс Кроуфорд Канело — Мбилли жанги учун тахминини айтди 0 16:52Guangzhou Nansha International. Ҳумоюн Султонов нимчорак финал босқичи масаласини ҳал қилди 0 16:12Тайсон Фьюри Дюбуанинг Уордлига қарши реваншдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 15:44Дана Уайт Саудия Арабистонидаги турнирнинг бекор қилиниши ҳақидаги сўзларга муносабат билдирди 0 14:53Ningbo Open: Полина Кудерметова дунёнинг 38-ракеткасини мусобақадан чиқариб юборди. Кейинги рақиб — рейтинг пешқадами! 0 14:26Мбаппе "Onze d'Or" талқини бўйича 2025/26 йилги мавсумда Европанинг энг яхши футболчиси деб топилди 0 13:45Мовсар Евлоев: "UFC’да муддатидан олдин бирорта ҳам ғалабам йўқ, аммо..." 0 12:32Ўзбекистон терма жамоаси IHF Nations Trophy 2026 ғолиби бўлди 0 11:11Райан Гарсия Теофимо Лопес билан жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 10:32"Реал" катта номли футболчилар кетидан қувиб, ишончни йўқотди" - Лапорта 0 09:44Ковингтон ва Диллон Дэнис яна учрашади (ПОСТЕР) 0 09:00WTA Ningbo Open. Раҳимова дунёнинг 26-ракеткасига қарши муносиб қаршилик кўрсатди 0 08:11Илья Сибирцев яна бир дастурда Ўзбекистон рекордини янгилади 0

20 okt 18:18
Yangiliklar

Futbol

O'tmishga nazar. Mirjalol Qosimov katta futbol bilan qanday xayrlashgan edi?

Teglar :  Mirjalol Qosimov
2007 yil 2 iyun. Toshkentdagi MXSK stadioniga yig'ilgan 15 ming muxlis o'zbek futbolining eng yorqin yulduzlaridan biri – Mirjalol Qosimovni katta futboldan kuzatish uchun kelgan edi.

Bu shunchaki xayrlashuv uchrashuvi emas, balki bir futbolchining butun faoliyatiga berilgan baho, futbol tariximizda o'ziga xos bayram bo'ldi. O'sha kuni maydonda jahon futboli yulduzlari jamlandi, Mirjalol ismli yuzlab insonlar birlashdi, Qosimov esa hayotining ko'pchilikka nomalum sahifalari haqida so'zlab berdi.

photo_2026-10-19_16-31-49.jpg

Ikki yil kutilgan xayrlashuv

Aslida, Mirjalol Qosimov 2005 yil professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi. Biroq uning katta futbol bilan rasmiy xayrlashuv marosimi oradan qariyb ikki yil o'tib, 2007 yil 2 iyunda tashkil etildi.

Futbolchi xayrlashuv uchrashuvini qadrdon “Paxtakor” stadionida o'tkazishni istagan. Ammo o'sha paytda stadionda tamirlash ishlari olib borilayotgani bois tadbir MXSK o'yingohiga ko'chirildi.

“Futbol bilan «Paxtakor» stadionida xayrlashishni istardim, albatta. Ammo buning iloji yo'q. CHunki stadion jiddiy ravishda tamirga muhtoj edi. Hozir ana shu jarayon o'tkazilmoqda. Qolaversa, afsuslanish foydasiz. Axir hayotda siz istagan hamma narsa amalga oshavermaydi-ku”, – degan edi Qosimov matbuot anjumanida.

Xayrlashuv uchun O'zbekiston va Evroosiyo terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. Mehmonlar safida Valeriy Gazzaev, Viktor Onopko, Ali Daiy, Sergey Semak, Andrey Karyaka singari mashhur futbolchilar va mutaxassislar ishtirok etdi.

photo_2026-10-19_16-31-50.jpg

O'yindan avval Obid Asomov boshchiligidagi sanatkorlar muxlislarga koncert dasturini namoyish qildi. Keyin esa maydonga ikki jamoa futbolchilari chiqib kelishdi.

photo_2026-10-19_16-01-31.jpgphoto_2026-10-19_16-31-49 (3).jpg

O'zbekiston terma jamoasi uchrashuvni faol boshladi. 16-daqiqada Pavel Solomin hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limda esa tomoshabinlar yana beshta golga guvoh bo'lishdi. Mehmonlar Igor Tarlovskiy va Ali Daiyning gollari evaziga oldinga chiqib olishdi.

68-daqiqada Mirjalol Qosimov penaltidan hisobni tenglashtirdi. 82-daqiqada Marat Bikmaev mezbonlarni yana oldinga olib chiqdi. Biroq 87-daqiqada Andrey Karyaka muvozanatni tikladi – 3:3.

Muxlislar uchun uchrashuvning eng tasirli lahzalaridan biri Qosimovning almashtirilishi bo'ldi. 85-daqiqada uning katta o'g'li Mirkamol maydonga tushgan bo'lsa, 87-daqiqada Mirjalolning o'rnini ikkinchi o'g'li Mirjamol egalladi.

O'ZBEKISTON – EVROOSIYO – 3:3 (1:0)

Toshkent. MXSK o'yingohi. 15000 tomoshabin.

Hakamlar: R.Ermatov, V.Serazitdinov, B.Togaev.

Zaxiradagi hakam: M.Ismoilov.

Gollar: P.Solomin (16), M.Qosimov (68-pen.), M.Bikmaev (82) – I.Tarlovskiy (59), Ali Dai (66), A.Karyaka (87).

O'zbekiston:

Birinchi bo'lim: P.Bugalo, A.Nikolaev, I.Inomov, A.Aliqulov, I.Yuldashev, I.Akramov, H.Hoshimov, H.Karimov, V.Karpenko, P.Solomin, J.Irismetov.

Ikkinchi bo'lim: I.Nesterov, A.G'ofurov, A.Aliqulov, YA.Krushelnickiy, I.Yuldashev, T.Kapadze, Mirjalol Qosimov (Mirjamol Qosimov, 87), S.Jeparov, J.Hasanov, A.Geynrix (Mirkamol Qosimov, 85), U.Bakoev (M.Bikmaev, 75).

Bosh murabbiy: Rauf Inileev.

Evroosiyo: D.Xomich, A.Karyaka, A.Fyodorov, A.Sarkisyan, V.Onopko (S.Lushan, 22), M.Qosimov (A.Akopyanc, 46), I.Tarlovskiy (A.CHayka, 46), S.Semak, M.Zemlinskiy (O.Blagonadejdin, 46), A.Pagaev, Ali Dai.

Bosh murabbiy: Valeriy Gazzaev.

SHu tariqa, o'zbek futbolining afsonaviy 4-raqam sohibi katta futboldagi so'nggi uchrashuvini o'g'illariga o'rin bo'shatish bilan yakunladi.

“Ertami-kech futbol bilan xayrlashishim aniq edi. Mana, bugun o'rnimga kichik o'g'lim Mirjamol tushdi. Kelajakda o'g'lim men uchun armon bo'lib qolgan orzularimga etishsin. Maydonda unga omad hamisha yor bo'lsin!” – degan edi u uchrashuvdan so'ng.

Yunye futbolisty na skameyke.png

Izoh: suratga suniy intellekt yordamida kichik ishlov berilgan.

To'rt raqamning sirlari

Qosimov faoliyati davomida 4-raqamli futbolkada harakat qilgan. Qizig'i, bu raqam uning hayotida bir necha bor takrorlangan.

Xayrlashuv uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida jurnalistlar futbolchidan aynan shu raqamning siri haqida so'rashdi.

“Bu raqamda aynan nima xislatlar yashiringanini bilmadim-u, hayotimda 4 raqami bilan yonma-yon yashayotganim rost. Yuqorida siz takidlab o'tgan jihatlarga qo'shimcha tarzda, oilada to'rt farzand ekanimizni va o'zimning ham to'rt nafar bolam borligini aytishim mumkin. Qiziq tarafi, o'zining xayrlashuv uchrashuvini o'tkazayotgan to'rtinchi o'zbekistonlik futbolchi ekanman. Azamat Abduraimov, SHuhrat Maqsudov, Ilhom SHaripov va men...”

Qayd etilishicha, Qosimov o'sha vaqtgacha turli darajadagi davlat mukofotlari bilan ham to'rt marta taqdirlangan edi.

Ammo uning muvaffaqiyati ortida raqamlardan ko'ra muhimroq omillar – istedod, mehnat, intizom va matonat turgan.

mirjalol_qosimov_asl_surat.jpg

Futbolga qaytish uchun qilingan tavakkal

Mirjalol Qosimovning faoliyatida ko'pchilik bilmaydigan og'ir sinovlar ham bo'lgan.

U matbuot anjumanida taxminan o'n yil avval umurtqa pog'onasidan jiddiy jarohat olgani, hatto futbolchilik faoliyatini davom ettirish imkoniyati shubha ostida qolgani haqida so'zlab bergan.

“Jarohat shu darajada jiddiy ediki, jarrohlik amaliyoti qanday yakun topishi xususida shifokorlar aniq fikr bildirishga qiynalishgan edi hatto. SHu bois operaciya qildirish uchun Germaniyaga borganimda ham jarrohlik stoliga yotish-yotmaslik haqida bitta qarorga kelib ulgurgan emasdim. Tasavvur qiling, amaliyot natijasida shol bo'lib qolish ehtimoli turgan bo'lsa...”

Uning oldida murakkab tanlov turgan: operaciya tavakkalchilikni anglatar, undan voz kechish esa futbolga qaytish imkoniyatini yo'qqa chiqarishi mumkin edi.

Qosimov futbolni tanladi.

“Futbol esa men uchun hamma narsa. Tanishlarim, sayohatlarim, to'p oshirishlarim, gol kiritishlarim. Bir so'z bilan aytganda – hayotim. SHuning uchun «hayotim»dan voz kechishni istamadim va amaliyotga rozilik bildirdim. Xudoga shukr, barchasi yaxshi o'tdi va men futbolga qaytdim”.

O'sha yillari Rossiyada ishlagan murabbiy Valeriy Nepomnyashiy o'zbek futbolchilari haqida gapirar ekan, ayrim istedodli o'yinchilarning o'z ustida etarlicha ishlamasligi, intizomga amal qilmasligini tanqid qilgandi.

Qosimov esa istedodni mehnat bilan mustahkamlagan futbolchi sifatida ajralib turardi.

Bir kunda 110 nafar Mirjalol

Xayrlashuv uchrashuvi arafasida tashkil etilgan eng qiziqarli tadbirlardan biri “Mirjalollarni izlaymiz” akciyasi bo'ldi.

Mirjalol Qosimov o'zbek futboliga kirib kelib, mashhurlikka erishganidan keyin ko'plab ota-onalar farzandlariga uning ismini qo'yishgan.

Tashkilotchilar aynan shunday insonlarni bir joyga to'plashga qaror qilishdi.

Ommaviy axborot vositalari orqali elon qilingan chaqiriqdan so'ng dastlab 155 nafar Mirjalol haqida malumot kelib tushdi. Keyinroq ularning soni 207 nafarga etdi.

Etiborlisi, ro'yxatdan o'tganlarning 47 nafari nafaqat Mirjalol ismiga, balki Qosimov familiyasiga ham ega edi.

2 iyun kuni “Paxtakor” stadioniga 110 nafar Mirjalol tashrif buyurdi. Ularning har biriga futbolchi o'z dastxati tushirilgan 4-raqamli futbolka, plakat, xayrlashuv uchrashuviga ikkita chipta va esdalik suratini taqdim etdi.

Tadbirda qatnashgan Mirjalollarning eng kichigi ikki oylik chaqaloq, eng kattasi esa 20 yoshga qadam qo'ygan yigit edi.

Farg'onaning Yaypan shahridan kelgan bir oila esa alohida etibor tortdi. Oila boshlig'i Muhsinjon aka farzandlariga Mirjalol Qosimov va uning o'g'illari sharafiga Mirjalol, Mirkamol va Mirjamol deb ism qo'ygan ekan.

Buni eshitgan futbolchi hazillashib: “Ishqilib, ayolingizning ismi ham Diloromxon emasmi?!” deb so'ragan. Bu gap atrofdagilarning kulgisiga sabab bo'lgan.

Akciyada hatto Qirg'izistonning O'sh viloyati, Aravon tumanidan kelgan 16 yoshli Mirjalol Qosimov ham qatnashgan. U o'sha paytda mahalliy “Tepaqo'rg'on” jamoasida futbol o'ynardi.

207 nafar Mirjalolning 35 nafari futbol bilan shug'ullanayotgani ham malum bo'lgan.

SHu kuni taniqli sport sharhlovchisi Axbor Imomxo'jaev maydonda faqat Mirjalol Qosimovlar ishtirok etadigan futbol musobaqasini tashkil qilish g'oyasini ilgari surgan va bunday tadbir Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi mumkinligini aytgan edi.

“Qosimovning o'rnini kim bosadi?”

Xayrlashuv marosimida jurnalistlarni qiziqtirgan asosiy savollardan biri Qosimovga munosib voris masalasi bo'lgan.

CHunki Mirjalol faqat gollari bilan emas, balki maydonni ko'ra bilishi, aniq uzatmalari, jarima va burchak to'plarini mahorat bilan ijro etishi orqali ajralib turgan.

Matbuot anjumanida uning o'rnini egallay oladigan futbolchilar haqida ham savol berilgan.

“Yaxshi o'yinchilar bor, ammo ular o'z ustilarida ishlashni istamaydilar. Vaqtida uxlash kerak, ammo uxlamaydilar...” degan fikrlar o'sha davrda yosh futbolchilarning intizomi haqidagi bahslarda ko'tarilgan.

Qosimov esa o'zining ehtimoliy vorislari sifatida bir nechta futbolchini tilga olgan:

“Markazda o'ynaydigan bir qator istedodli o'yinchilar bor. Server Jeparov, Odil Axmedov, Timur Kapadze... O'ylaymanki, kelajakda mendan ham istedodliroq futbolchilar etishib chiqadi hali”.

Qosimovning bu fikri o'sha davrdagi o'zbek futboli uchun ham muhim edi. Jeparov, Axmedov va Kapadze keyingi yillarda milliy terma jamoaning etakchi futbolchilariga aylanishdi.

Qahramonga ehtirom

Xayrlashuv kuni Mirjalol Qosimovga “Mehnat shuhrati” ordeni topshirildi. Xuddi shu davlat mukofoti Farg'onaning “Neftchi” klubi bosh murabbiyi Yuriy Sarkisyanga ham berildi.

photo_2026-10-19_16-31-49 (2).jpg

Qosimovga hurmat ko'rsatish uchun xorijdan ham futbol yulduzlari va murabbiylar tashrif buyurishdi.

Rossiya terma jamoasining sobiq sardori Viktor Onopko uni shunday eslagan:

“Qosimov ajoyib futbolchi. U Rossiyada bir necha mavsum to'p surib, o'zini ko'rsatishga muvaffaq bo'lgan. Bugungi tadbirda ishtirok etayotganimdan xursandman. Qosimovni nafaqat yurtingizda, balki MDHning barcha hududlarida hurmat qilishadi”.

CSKA bosh murabbiyi Valeriy Gazzaev esa uning 1995 yilda “Alaniya” bilan Rossiya chempionligini qo'lga kiritishdagi hissasini alohida takidlagan.

“Bugun biz nafaqat O'zbekistonning, balki MDHning eng buyuk o'yinchilaridan birini katta futboldan kuzatib qo'ydik”, – degan Gazzaev.

Qosimovni o'smirlar va yoshlar futbolidan yaxshi tanigan Aleksandr Piskaryov ham uning intizomi, mashg'ulotlarda o'z ustida tinmay ishlashini etirof etgan.

Biroq Qosimov uchun eng tasirli tilaklardan biri otasi Qo'shoq hoji otadan yangragan edi:

“Men shunday o'g'ilni voyaga etkazib, tarbiyalaganimdan bag'oyat xursandman. Endi o'g'limning oldiga o'ziga o'xshagan futbolchilarni tarbiyalash vazifasi qo'yilgan... Mening orzularimdan biri – O'zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionati final bosqichida ko'rish”.

Xayrlashuv emas, yangi sahifa

Mirjalol Qosimovning katta futbol bilan xayrlashuvi bir davrning yakunlanishi edi.

U yoshlar o'rtasida Evropa va jahon chempionligini qo'lga kiritgan, O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan Osiyo o'yinlarida zafar quchgan, Rossiya chempionligini tatib ko'rgan futbolchi sifatida muxlislar xotirasida qoldi.

Ammo xayrlashuv marosimidagi fikrlardan malum bo'lishicha, Qosimov futboldan butunlay uzoqlashishni o'ylamagan. U o'z tajribasini yosh avlodga o'rgatish, murabbiy sifatida ham yutuqlarga erishish niyatida edi.

Maydondan ketish vaqti kelganida u o'z o'rnini o'g'liga bo'shatdi. Bu ramziy lahza nafaqat bir oilaning, balki futbol avlodlari almashinuvining ham ifodasi bo'ldi.

2007 yil 2 iyunda Toshkentdagi 15 ming tomoshabin futbolchi Mirjalol Qosimov bilan xayrlashdi. O'sha kuni uning 4-raqamli futbolkasi, aniq uzatmalari va jarima zarbalari haqida yana ko'p gapirildi.

Ammo 4-raqamning haqiqiy siri raqamning o'zida emasdi. Uning ortida yillar davomidagi mehnat, intizom, futbolga sadoqat va og'ir sinovlar oldida ortga chekinmagan insonning hayoti turardi.


Material “InterFUTBOL” gazetasining 2007 yil 5–12 iyundagi 45 (421)-sonida elon qilingan Nodirxo'ja Yuldashev, SHuhrat SHarif va Ulug'bek Mirzaevning maqolalari hamda intervyulari asosida tayyorlandi.


Muallif: Oqil Abdubarnoev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing