18 apr 13:48
Yangiliklar
Futbol

Mirjalol Qosimov "Bunyodkor"ni boshqarishi mumkin
Bugun "Bunyodkor" jamoasining yangi rahbariyati klub xodimlariga tanishtiriladi. Bu katta ehtimol bilan Murod Aliev bo'ladi.
2017 yildagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin Sergey Lushanning jamoadan ketishi
aniq bo'lib ulgurdi. "Qaldirg'ochlar" Mirjalol Qosimovga taklif bilan
chiqishdi. Ayni paytda Mirjalol Qo'shoqovich Toshkentga etib kelgan. Qosimov
bosh murabbiy bo'lguniga qadar Hikmat Ergashev vaqtinchalik futbolchilarni
maydonga olib tushib turishi mumkin. Lushanni birinchi davra yakuniga qadar
ham klubda qolish ehtimoli yo'q emas.
Mirjalol Qosimov esa yana
avvalgi shijoatda faoliyat olib borishga tayer. Agar klub Qosimov
murabbiyligi ostiga o'tadigan bo'lsa, aksar futbolchilar yana "Bunyodkor"ga
qaytish istagini hozirdanoq bildirayaptilar.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar