22 okt 09:37
Yangiliklar
Mirobod tumanida ertalabki badantarbiya tadbiri o'tkazildi
Tadbir “Mehrjon" bog'ida tashkil etildi. Unda tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi, tumandagi tibbiyot birlashmalari hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.
Hammamizga malumki, ertalabki badantarbiya inson salomatligida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ayniqsa yosh avlodning kuchli va baquvvat bo'lib ulg'ayishiga katta tasir ko'rsatadi.
1000 nafarga yaqin tuman aholisi jalb qilingan mazkur sport tadbirida ishtirok etgan Mirobod tumani hokimi SHuhrat Pulatov bu haqda shunday deydi:
“Aholi, ayniqsa yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish – bizning asosiy maqsadimiz. Sport bilan shug'ullangan insonning ongu tafakkurida faqatgina ezgulik va insoniylik tuyg'ulari jo'sh uradi. Sport yoshu qari uchun birdek zarur. Jismoniy baquvvat bo'lishda hikmat ko'p. Negaki, sport inson xarakteriga ijobiy tasir qiladi”, - deydi Pulatov.
Fikrlar