08 fev 09:04
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/322094_220.jpg)
Mirzamatovning jarohatidan keyin Octagon 70 markaziy jangi o'zgardi
23 fevral kuni Qozog'istonning Olma-Ota shahrida MMA bo'yicha Octagon 70 turniri o'tkaziladi.
Musobaqaning markaziy jangi yarimo'rta vazn toifasi chempioni, qozog'istonlik Georgiy Kichigin hamda O'zbekiston vakili SHohasan Mirzamatov o'rtasida kechishi rejalashtirilgan edi. Biroq SHohasan bir necha kun oldin jarohat tufayli turnirda ishtirok eta olmasligi malum bo'ldi. Buning natijasida Kichigin o'zbekistonlik boshqa bir sportchi — Saydatxon Nuriddinov bilan jang qiladigan bo'ldi.
Bu holatda Liga turnir markaziy jangi o'zgarganini elon qildi. Endilikda qozog'istonlik Erkebulan Toktar va tojikistonlik Kamil Karate bellashuvi Octagon 70 turnirining asosiy voqeligi bo'ladi. Jang BMF kamari uchun o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar