29 may 07:32
Yangiliklar
Futbol

Misrlik huquqshunos milliard evro undirish maqsadida Ramosni sudga berdi
Misrlik huquqshunos Bassem Vahba Madridning “Real” klubi sardori Serxio Ramosni atayin “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salahga ECHL finalida jarohat etkazgani uchun sudga berdi.
“Ramos atayin va ongli ravishda Salahga jarohat etkazdi. U bu jirkanch xatti-harakati uchun jazolanishi kerak. Men bu ishni ko'rib chiqish uchun sudga topshirdim va arznomamni FIFAga jo'natdim.
Misr xalqiga jismonan va ruhan zarar etkazilgani uchun 1 milliard evro tovon puli talab qilaman”, – dedi huquqshunos Misrning Sada El-Balad telekanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Fikrlar