14 dek 16:49
Yangiliklar
Futbol
Modrich Argentina – Xorvatiya uchrashuvi hakamini tanqid qildi
Futbolchi hakamning qarorlaridan norozi.
Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich JCH-2022 yarim finalida Argentinaga qarshi kechgan o'yindan so'ng (0:3) bosh hakam Daniele Orsatoni tanqid ostiga oldi.
"Argentina o'yinda haqqoniy ravishda g'alaba qozondi. Ular yaxshiroq edi va bu g'alabaga haqli edi. Ammo yana bir narsani aytib o'tish kerak, garchi men buni odatda qilmayman.
Men hakamlar haqida gapirishni yoqtirmayman, lekin Orsato eng yomonlaridan biri. U haqida unchalik yaxshi xotiralarim yo'q, bu shunchaki falokat", – dedi futbolchi.
Xorvatiya yarim finaldagi mag'lubiyatdan so'ng Franciya – Marokash juftligida mag'lub bo'lgan jamoa bilan 3-o'rin uchun maydonga tushadi.
Havola :
Fikrlar