25 iyu 09:41
Yangiliklar
Futbol

“Monako” Moutinoni pulladi va endi rossiyalik futbolchini xarid qiladi
Angliyaning “Vulverxempton” klubi rasman “Monako” yarim himoyachisi Joao Moutinoni xarid qilganini elon qildi.
Futbolchining transfer summasi oshkor qilinmayapti. “Bo'rilar” portugaliyalik yarim himoyachi bilan 2 yillik shartnoma imzolashdi.
Avvalroq, Rossiya terma jamoasi hamda CSKA klubi hujumkor yarim himoyachisi Aleksandr Golovinning “Monako”ga o'tishga yaqin turgani aytilgandi. Klub rahbariyati Moutinyuni sotish orqali Golovinga joy hozirlagan bo'lishi ham mumkin.
Havola :
Fikrlar