21 apr 11:50
Yangiliklar
Futbol
Joriy mavsum APLni tark etgan ilk jamoa malum
"Vulverxempton" APL 33-turidan keyin Angliya Premer-ligasini tark etdi.
Bu holat "Kristal Pelas" va "Vest Xem Yunayted" o'rtasidagi o'yin durang (0:0) bilan tugagandan keyin sodir bo'ldi.
Besh tur qolganida "bo'rilar"ning hisobida atigi 17 ochko bor. 17-o'rinda turgan "bolg'achilar" "Kristal Pelas" bilan durang o'ynadi va 33 ochko to'pladi. SHu tariqa Uest-Midlends grafligi jamoasi joriy mavsum yakunlariga ko'ra elitani saqlab qolish uchun matematik imkoniyatni yo'qotdi.
Hozirda autsayderlar zonasida "Tottenxem Xotspur" (31 ochko) va "Byornli" (20 ochko) ham bor.

Havola :
Fikrlar