02 dek 11:37
Yangiliklar

“Monako” yana mag'lub bo'ldi, bu safar o'z uyida
Terri Anri jamoasi o'z maydonida kechgan bellashuvda Yuri Tilemansning golidan so'ng hisobda oldinga chiqib olgan bo'lishiga qaramay, ikkinchi bo'limda 10 daqiqa ichida ikkita gol o'tkazib yubordi.
Natijada “Monako” hali hamon 10 ochko bilan turnir jadvalining so'nggi pog'onasida qolib ketmoqda. Monegaskliklar eng yaqin taqibchilaridan ham ikki ochkoga ortda qolishmoqda. Jamoa Ligadagi so'nggi 14 ta bellashuvning atigi bittasida g'alaba qozongan, to'qqizta bellashuvda esa mag'lub bo'lgan.
Monako – Monpele 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 42 Tilemans, 1:1 – 81 Labord, 1:2 – 86 SHkuletich.
Monako – Benalo, Per-Gabriel (Diop, 86), Jemerson, Badiashile, Radji, Xenrixs, Tilemans, Ait-Bennasser, SHadli (Pele, 61), Golovin, Falkao (Silla, 75).
Monpele – Lekomt, Pedru Mendesh, Ilton, Kongre, Agilyar, Skiri, Le Tallek (SHkuletich, 73), Oyongo (Sambiya, 57), Labord, Molle, Delor (Piris, 88).
Fikrlar